1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda traktor 14 ta tirkama bilan harakatlandi

Holatga viloyat IIB YHXB izoh berdi.

Jizzaxda traktor 14 ta tirkama bilan harakatlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida traktor haydovchisi 14  ta tirkama bilan harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 4R-38 Jizzax–Uchtepa–Navbahor avtomobil yo‘lining 12-kilometrida Jizzax viloyatining Paxtakor tumani Suvonobod mahallasida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan haydovchi “Belarus-80X” rusumli mexanik transport vositasi yordamida “Yo‘l harakati qoidalari”ni qo‘pol ravishda buzib, belgilangan me’yordan ortiqcha tirkamalar bilan harakatlangan.

 

Ushbu holat yuzasidan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика