1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Ko‘chaga niqobsiz chiqmang: Toshkent havosi yana yomonlashdi

Poytaxt havosida RM2,5 zarralari miqdori JSST tavsiyalaridan 17 barobar oshib ketdi.

Ko‘chaga niqobsiz chiqmang: Toshkent havosi yana yomonlashdi

 

Bugun ertalab soat 8:00 da Toshkent havosidagi RM2,5 dispersli zarrachalarining miqdori (0,001 dan 2,5 mikrometrgacha) 85,5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan 17 barobar (5 mkg/m3) ko‘p. Bu haqda "O‘zgidromet" avtomatik havo monitoringi stansiyalari maʼlumotlariga tayanib xabar bermoqda

 

Payshanba kuni soat 8:00 da RM10 zarralarining tarkibi 191,4 mkg/m3 ni tashkil etdi, u SanEQvaN 0293−11 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmadi.

 

SO uglerod oksidi (avtomobillar va sanoat korxonalari chiqindilari) 0,8 mg/m3 ni tashkil etdi, bu ham SanEQvaN 0293−11 (5 mg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmadi, deyiladi xabarda. 

 

IQAir veb-saytida soat 8:20 da O‘zbekiston poytaxti havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinni egalladi, havo darajasi — “zararli”.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика