Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim diplomlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Endi O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston diplomlari to‘rt davlat hududida bevosita tan olinadi.

Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim diplomlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Markaziy Osiyo davlatlari — O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston o‘rtasida oliy ta’lim diplomlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro tan olish bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi. Ushbu hujjat mintaqa mamlakatlarida kadrlar harakatchanligini oshirish, ta’lim integratsiyasini mustahkamlash va yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutadi.

 

Kelishuvga ko‘ra, endilikda ushbu davlatlarning bitiruvchilari qo‘shni mamlakatlarda bemalol ishlashi, amaliyot o‘tashi yoki ta’limni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. To‘rt davlat barcha ishtirokchi mamlakatlarning o‘quv yurtlari diplomlarini to‘liq qabul qiladi.

 

Qozog‘iston esa alohida tartibni qo‘llaydi: u faqat QS, THE yoki ARWU xalqaro reytinglarining ilk 1000 taligiga kirgan oliy ta’lim muassasalari diplomlarini tan olishini ma’lum qilgan.

 

Aholi va mutaxassislar fikriga ko‘ra, mazkur kelishuv mintaqada raqobatbardosh ta’lim muhitini shakllantirish va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика