1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Misrda politsiya boshqarmasida yong‘in yuz berdi

Hodisa oqibatida 38 kishi jabr ko‘rdi.

Misrda politsiya boshqarmasida yong‘in yuz berdi

 

Misr shimoli-sharqidagi Ismoiliya shahri politsiya boshqarmasida ertalab katta yong‘in sodir bo‘lgan.

 

Voqea joyiga fuqaro mudofaasi kuchlari yetib kelgan. Yong‘in nazoratga olindi.

 

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Hussam Abdulgaffor voqea joyiga 50 ta tez yordam mashinasi yuborilganini aytdi.

 

Shifokorlar 12 nafar jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatgan, yana 26 kishi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. Jabrlanganlarning yetti nafari allaqachon shifoxonadan chiqarilgan,-dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.

 

Misr matbuotiga ko‘ra, Ismoiliya shahridagi politsiya boshqarmasida nomaʼlum sababga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘in butun binoni qamrab olgan. OAVning xabar berishicha, binoning bir qismi qulab tushgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика