1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Moskva birjasida so‘m bilan savdolar qachon boshlanishi maʼlum bo‘ldi

Bu bo‘yicha qaror iyun oyida qabul qilingandi.

Moskva birjasida so‘m bilan savdolar qachon boshlanishi maʼlum bo‘ldi

 

Moskva birjasi 12 sentyabrdan so‘m savdolarini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda birja axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishcha, ushbu amaliyotning joriy etilishi bozordagi professional ishtirokchilarning savdo imkoniyatlarini oshiradi.

 

“Shuningdek, bu ikki davlat iqtisodiy subyektlari o‘rtasida milliy valyutalarda hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘shimcha turtki bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.

 

Hozirda Moskva birjasida dollar, yevro, yuan, funt-sterling, Belarus rubli, turk lirasi, yapon iyenasi, Qozog‘iston tengesi va boshqa valyutalar savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика