1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda qariyb 2 kg gashishni 200 mln so'mga sotmoqchi bo'lgan ayol qo'lga olindi

Shuningdek O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasi yaqinida yuk sumkasi ichidan 19 kg ortiq narkotik bo'lgan ikki nafar fuqaro aniqlangan.

Namanganda qariyb 2 kg gashishni 200 mln so'mga sotmoqchi bo'lgan ayol qo'lga olindi

 

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Xususan, Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Yangiyer” mahallasi hududidan o‘tuvchi O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasi yaqinida harakatlanib kelayotgan, Andijon shahrida yashovchi 1985 va 1989-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida ularning yuk sumkasi ichidan 19 kilogramm 169 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

 

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, mazkur giyohvandlik vositasini olib ketishda yordam berish maqsadida voqea joyiga kelgan, 1990-yilda tug‘ilgan yana bir fuqaro ham qo‘lga olindi. Dastlabki tergovga qadar tekshiruvlar jarayonida gumonlanuvchilar Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan narkosavdogar bilan til biriktirgan holda, ushbu giyohvandlik vositalarini mamlakat hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirib, keyinchalik sotishni rejalashtirgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, DXX va IIO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan, avval sudlangan ayol qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, u shaxsi hozirda aniqlanayotgan fuqarodan 200 million so‘m evaziga sotib olishga kelishilgan 1 kilogramm 953 gramm “gashish” moddasini matolar orasiga yashirilgan holda Marg‘ilon shahridan yo‘lovchi avtomashinasida qabul qilib olayotgan vaqtida ushlangan.

 

Mazkur holat bo‘yicha ham ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика