1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiyda yana avtobus ag‘darildi, ikki kishi jabrlangan

Hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiyda yana avtobus ag‘darildi, ikki kishi jabrlangan

 

Joriy yilning 17-yanvar kuni soat 07:00larda Tomdi tumani “Tomdibuloq” OFY hududidan o‘tgan A-379 “Navoiy-Uchquduq” xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 189-190 kilometrlari oralig‘ida “ZHONG TONG BUS” rusumli avtobus “Navoiy-Zarafshon” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotishi natijasida qarama-qarshi yo‘lga ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Navoiy viloyati YHXB Axborot xizmati ma'lum qildi.

 

Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro jabrlanib, Zarafshon shahar tibbiyot bo‘limiga yetkazilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика