1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Niger poytaxti aholisi shaharni shoshilinch tark etmoqda

Tez orada ECOVAS mamlakatlari qo‘shinlari Nigerga kiradi.

Niger poytaxti aholisi shaharni shoshilinch tark etmoqda

 

Niger Respublikasiga ECOVAS mamlakatlari tomonidan aralashuv kutilmoqda. Ularning qo‘shinlari mamlakatga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Niger poytaxti Niamey aholisi shoshilinch ravishda uylarini tark etib, mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chib o‘ta boshladi. Ular mumkin bo‘lgan aralashuvni hisobga olgan holda shunday qarorga kelishgan.

 

Bu hafta ECOVAS juda yaqin kelajakda harbiy operatsiya boshlanishini eʼlon qildi. Bu qarorni prezident Alassan Uattar bildirdi. Fransiya va AQSH esa qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

“Biz bu yerga mamlakatimizni ozod qila olganimizni ko‘rsatish uchun keldik. Biz hokimiyatni qo‘lga olganimiz yo‘q, mamlakatimiz ozod va mustaqil, biz ularning hududimizni tark etishlarini istaymiz. Biz Nigerdagi barcha xorijiy kuchlarni hududimizni tark etishlarini so‘raymiz”, deb tushuntirdi namoyishchi Abdu Yde.

 

Ikki haftadan ortiq vaqtdan beri dunyoning eng qashshoq davlatlaridan biri harbiy qarama-qarshilik yoqasida yashamoqda. Qo‘shni Nigeriya elektr energiyasini qattiq cheklovlar bilan yetkazib beradi, poytaxtda esa suv yo‘q. Odamlar oziq-ovqat va suv zahirasini olishga harakat qilmoqda.

 

“Biz fransuz askarlarining mamlakatimizni tark etib, o‘z yurtiga ketishlarini istaymiz. Bu Fransiya emas, Niger”, - deydi Niameylik Sulaymon Jibo.

 

Davlat to‘ntarishi natijasida prezident Muhammad Bazum hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng, mamlakatda tartibni prezident gvardiyasi boshlig‘i Abdurahmon Chiani boshchiligidagi isyonkor harbiylar o‘rnatmoqda. ECOVAS mamlakatlari harbiy rahbarlarining Nigerga qarshi qo‘shma harbiy operatsiya bo‘yicha uchrashuvi shanba kuni Ganada bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, u keyingi haftaga ko‘chirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика