1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Sobiq imom-xatibga nisbatan o‘zlashtirish, soxta tadbirkorlik va mansab soxtakorligi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tuman sudida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘liga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.

 

Sudda ma’lum qilinishicha, bir hafta avval sud zalining o‘zida hibsga olingan Odilxon Ismoilovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan ayblovlar e’lon qilingan.

 

Xususan, unga:

  • JKning 167-moddasi 3-qismi (“a” va “v” bandlari) — yirik miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata,
  • 179-modda — soxta tadbirkorlik,
  • 189-moddaning 1-qismi — savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish,
  • 209-moddaning 2-qismi (“a” bandi) — mansab soxtakorligi,
  • shuningdek, 227-moddaning 2-qismi (“a” bandi) hamda 228-moddaning 2 va 3-qismlari — hujjatlar, muhrlar, shtamplar va blanklarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan.

 

Ma’lumot o‘rnida, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li avvalroq Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha), “Firdavs” hamda “Xo‘ja Alambardor” (Kamolon) masjidlarida imom-xatib sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u bir muddat “Vaqf” fondi rahbariyatida ham ishlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика