Hodisa 5-sentyabr kuni 13:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan Olmaliq-Toshkent avtomobil yo‘lining 22-kilometrida yuz bergan.
1995 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Mercedes Benz Sprint rusumli yuk mashinasida BMW 750 hamda Lasetti rusumli transport vositalari bilan to‘qnashgan.
YTH yuz bergan vaqtda avtomobillarda yo‘lovchilar bo‘lmagan va hech qaysi harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositalar texnik shikastlangan.