1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Oktay Kaynarja Yangi O‘zbekiston haqidagi fikrlarini aytdi

Turk aktyori Oktay Kaynarja  yangi loyihalarda ishtirok etish istagini bildirib o‘tdi.

Oktay Kaynarja Yangi O‘zbekiston haqidagi fikrlarini aytdi

 

 

U shunday deydi: 

“Men yaqinda sizning mamlakatingizga keldim. Bu meni navbatdagi tashrifim. Aslida, festival biz uchun katta bayramdir. Agar takliflar bo‘lsa, men mamnuniyat bilan rozi bo‘laman”.

 

Shuningdek, undan “Yangi O‘zbekiston” loyihasi haqida fikrlari so‘ralganda quyidagicha izoh berdi:

 

“Yangi O‘zbekiston” loyihasi haqida eshitdim. Har qanday o‘zgarish ajoyib. Xususan, men “Yangi O‘zbekiston” haqida boshqacha fikrdaman. So‘nggi yillarda iqtisodiy sohada o‘zgarishlar va rivojlanish yuz berdi. O‘zgarishlar juda katta va sizni ishontirib aytamanki, bularning barchasi kelajakda o‘z samarasini beradi. Bu yerda, agar menga sizning yangi loyihalaringizdan birortasini amalga oshirishni taklif qilishsa, men qarshi emasman. Hamkorlik faqat yaxshi natijalarni berishiga ishonaman.

 

Avvalroq Toshkent xalqaro kinofestivalida kimlar ishtirok etishi ochiqlangandi va turkiyalik bir guruh  kinoijodkorlar Toshkentga yetib kelgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика