1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Olimlar ko‘z va teri salomatligini saqlovchi mevani aniqlashdi

Bu ko‘rish qobiliyatini mustahkamlovchi va ajinlarni kechiktiruvchi meva hisoblanadi.

Olimlar ko‘z va teri salomatligini saqlovchi mevani aniqlashdi

 

O‘rik tarkibida ko‘plab antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular ko‘z va teri hujayralarini shikastlanish hamda erta qarishdan himoya qiladi. Bu meva xun tolalariga boy bo‘lgani uchun ichak faoliyatini ham yaxshilaydi.

 

Shifokorlarning ta’kidlashicha, o‘rik organizm uchun muhim bo‘lgan beta-karotin manbai hisoblanadi. Beta-karotin organizmda A vitaminiga aylanib, terining elastikligini saqlashga va ajinlar paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi. Aynan shu modda o‘riklarga yorqin to‘q sariq rang beradi.

 

O‘rikdagi A vitamini kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirib, terini yosh va silliq holatda saqlashga yordam beradi. Shuningdek, o‘rikning 85 foiz suvdan iborat bo‘lgani sababli, u terini nam va elastik saqlaydi.

 

Doktor Chervonining ta’kidlashicha, o‘rik po‘stlog‘ida foydali o‘simlik tolalari mavjud bo‘lib, ular ichaklardagi foydali bakteriyalarni oziqlantiradi, vaznni boshqarishga yordam beradi va uzoq vaqt to‘qlik hissini saqlaydi. Xun tolalarini ko‘proq qabul qilish uchun o‘rikni quritilgan holda iste’mol qilish mumkin, chunki quritilgan o‘rik yangi mevaga qaraganda taxminan uch baravar ko‘proq tolaga ega. Biroq, undagi shakar miqdori yuqoriroq bo‘lishini ham inobatga olish kerak.

 

Parhezshunoslarning qo‘shimcha qilishicha, o‘rik tarkibidagi antioksidantlar erkin radikallarni zararsizlantirib, hujayralarga zarar yetkazadigan va surunkali kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘luvchi oksidlovchi stressni kamaytiradi. Shuningdek, o‘rik ichaklardagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishga ham yordam beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика