1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat test javoblari sotilayotgani haqidagi xabarlar rad etildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tarqatilayotgan materiallar avvalgi imtihonlarning arxiv materiallari ekanligini bildirdi.

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat test javoblari sotilayotgani haqidagi xabarlar rad etildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ona tili va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari oldidan test savollari va javoblari sotilayotgani haqida tarqalayotgan xabarlarga nisbatan Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Agentlik ma'lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan materiallar avvalgi yillarda o‘tkazilgan imtihonlarning arxiv materiallaridir. Ushbu materiallarning yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Barcha imtihon materiallari maksimal darajada himoyalangan va maxfiy maqomga ega.

 

Agentlik fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noaniq ma'lumotlarga ishonmaslikka va faqat rasmiy manbalardagina ishonchli axborot qidirishga chaqirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика