1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Open Budget”ga ovoz berish boshlandi

Oltinko‘l va Ulug‘nor tumanlarida ovoz berish bosqichi to‘xtatildi.

“Open Budget”ga ovoz berish boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Ammo Andijon viloyatining Oltinko‘l va Ulug‘nor tumanlari mazkur bosqichdan chetlatildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy mavsum doirasida fuqarolardan jami 22 263 ta loyiha qabul qilingan bo‘lib, ulardan 18 656 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan. Biroq Andijon viloyatidagi ushbu ikki tumanda loyihalarning ishchi komissiyalar tomonidan asossiz rad etilgani bo‘yicha fuqarolar ishonch raqamiga shikoyatlar kelib tushgan.

 

Vazirlik mazkur shikoyatlar yuzasidan tegishli komissiyalarga loyihalarni qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha xatlar yuborgan. Shunga qaramay, loyihalar qayta ko‘rib chiqilmagani sababli ushbu ikki tumanda ovoz berish bosqichi bekor qilindi.

 

Fuqarolar boshqa hududlarda loyihalarga quyidagi usullar orqali ovoz berishlari mumkin:


1. “Ochiq byudjet” portali: openbudget.uz


2. Portalning mobil ilovasi: (Android va iOS platformalarida mavjud)


3. Telegram’dagi rasmiy bot orqali.

 

Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 gacha davom etadi. Shu bilan birga, 19-avgustdan 3 kun davomida saralashdan o‘tgan loyihalar bo‘yicha targ‘ibot bosqichi o‘tkazilgani ham eslatib o‘tildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика