1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan institut hisobchisi va talabа ushlandi

Andijon va Xorazm viloyatlarida abituriyentlarni o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan institut hisobchisi va talaba ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

O‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan institut hisobchisi va talabа ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan viloyat DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti hisobchisi M.A. abituriyent D.ning ishonchiga kirgan. Uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali institutning “Pediatriya ishi” yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 000 AQSH dollari bilan birga fuqarolik pasporti nusxasi va abituriyent varaqchasini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shu kabi holat Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan. Xususan, Urganch davlat universiteti talabasi M.M. fuqaro S.ni ushbu universitetning tarix fakultetiga universitetda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollarini fuqaro O. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика