1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston 2026-yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

O‘zbekiston va Afg‘oniston rasmiylari 2026-yilda elektr energiyasini yetkazib berish uchun shartnoma imzoladi.

O‘zbekiston 2026-yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

 

Energetika vazirligiga ko‘ra, O‘zbekiston 2026-yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetklazib beradi. Bu bo‘yicha 17 noyabr kuni Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Afg‘onistonning “DABS” kompaniyasi bosh direktori Abdul Bori Umar boshchiligidagi uchrashuvda tegishli shartnomalar imzolandi.

 

Uchrashuvda joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasida hamda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqlari qo‘shni Afg‘oniston xalqi farovonligi va iqtisodiyotining rivoji haqidagi tashabbuslari ikki davlat hamkorligini yana-da mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.

 

Bu borada O‘zbekiston-Afg‘oniston o‘rtasida energetika sohasida ham yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Afg‘oniston hududida qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarining joriy holati hamda ushbu ishlarni yana-da jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, Afg‘oniston hududida qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarning joriy holati muhokama qilindi. Tomonlar qurilish ishlarini yana-da jadallashtirish bo‘yicha kelishib oldi.

 

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Afg‘onistonning asosiy elektr yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda. Afg‘onistonda ichki ishlab chiqarish hajmi 250 MVt atrofida bo‘lib, mamlakat Turkmaniston, Eron, O‘zbekiston va Tojikistondan yiliga 800 MVt gacha elektr energiyasini import qiladi. Buning uchun yiliga 250–280 million dollar sarflanadi. O‘zbekiston 2002 yildan beri Afg‘onistonga muntazam ravishda elektr energiyasi yetkazib bermoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика