Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenkoga tayanib RIA Novostining xabar berishicha, O‘zbekiston Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro olimpiadada ishtirok etadi.
Bu yil o‘tkaziladigan Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha olimpiadada 15 davlat ishtirok etadi. Ular orasida Namibiya, Eron va Pokiston birinchi marta qatnashadi.
“Agar 2021 yilda olimpiadada yetti davlatdan maktab o‘quvchilari va talabalari ishtirok etgan bo‘lsa, 2022 yilda 12 davlat, jumladan, BRIKS mamlakatlari ham ishtirok etadi”, — dedi Dmitriy Chernishenko.
U shuningdek, Rossiyada bu yil O‘quvchilar va talabalarni olimpiadalararo tayyorlash markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalaridan biri olimpiadani rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlaridan bolalar va yoshlarni jalb qilishga alohida eʼtibor qaratililishini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, Bosh vazir o‘rinbosari Olimpiadaga do‘st davlatlar, xususan, Kuba va Vetnam vakillarini jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.
“Olimpiadaning oldingi ikki yili natijalariga ko‘ra, nafaqat erishilgan natijalarni saqlab qolish, balki ularni sezilarli darajada yaxshilash ham zarur”, — deya xulosa qildi Chernishenko.
Qayd etilishicha, 2021-2022 yillarda olimpiadaning saralash bosqichlariga 70 mingdan ortiq ariza topshirilgan, 860 dan ortiq ishtirokchi finalga chiqqan, 223 nafari esa sovrindor va g‘olib bo‘lgan.
Olimpiada g‘oliblari oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlariga imtihonlarsiz o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Maʼlumot uchun, Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasi uchinchi bor o‘tkazilmoqda. 2021 yilda unda yetti davlat (Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston), 2022 yilda 12 davlat, jumladan, BRIKS davlatlari: Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Braziliyadan ishtirokchilar qatnashgan.


