Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uchun 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rilishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston hukumati gaz tariflari oshirilganidan keyin Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida narxlar keskin ko‘tarilishini cheklash choralarini ko‘rmoqchi. Bu Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.


