1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda maktab rahbarlari va o‘qituvchilariga KPI asosida ustama haqlar joriy etildi

Shuningdek “Zakovat” to‘garagi rahbarlariga 50 foiz miqdorida bonus to‘lanadi.

O‘zbekistonda maktab rahbarlari va o‘qituvchilariga KPI asosida ustama haqlar joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maktab direktorlariga, ularning o‘rinbosarlariga hamda o‘qituvchilarga mehnat faoliyatidagi yutuqlar uchun oylik ustama haqlar to‘lash tartibini belgilovchi qaror qabul qildi.

 

Hujjatga ko‘ra, ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlarining mehnati ularning asosiy faoliyat ko‘rsatkichlariga (KPI) erishish darajasiga qarab baholanadi. Ustama haqlar ushbu ko‘rsatkichlar asosida har oy to‘lab boriladi.

 

Bonus miqdorlari to‘plangan ballar asosida quyidagicha belgilanadi:

 

Direktorlar uchun:

 

  • 61–70 ball — 3 foiz ustama;

 

  • 71–80 ball — 10 foiz;

 

  • 81–90 ball — 15 foiz;

 

  • 91–100 ball — 20 foiz.

 

Direktor o‘rinbosarlari uchun:

 

  • 61–70 ball — 2,5 foiz;

 

  • 71–80 ball — 5 foiz;

 

  • 81–90 ball — 7,5 foiz;

 

  • 91–100 ball — 10 foiz.

 

Mazkur tartibga ko‘ra, maktabdagi rahbar lavozimida kamida to‘qqiz oy ishlagan shaxslar bonus olish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Baholash mezonlari o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, olimpiadalarda va fan tanlovlarida erishilgan yutuqlar, sinfdan tashqari ijodiy faoliyat, shuningdek, tarbiyaviy va ma’naviy ishlar samaradorligini o‘z ichiga oladi.

 

Shu bilan birga, “Zakovat” intellektual to‘garaklari koordinatorlariga oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bir martalik to‘lov, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga esa faoliyati samaradorligiga qarab 20 foizgacha qo‘shimcha rag‘bat puli berilishi nazarda tutilgan.

 

Yangi tizim o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ularning mehnatini adolatli baholash hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика