Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2025 yilning mart oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining o‘zgarishi tahlil qilindi.
Unga ko‘ra, joriy yilning mart oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxi pasayishda davom etib, yanvar oyidagiga nisbatan quyidagicha arzonlashdi.
Xususan:
- “Onix” ko‘p foydalanilgani $1000 ga, kam foydalanilgani $400 ga;
- “Lasetti” ko‘p foydalanilgani $300 ga, kam foydalanilgani $150 ga;
- “Cobalt” ko‘p foydalanilgani $100 ga, kam foydalanilgani $70 ga;
- “Nexia” o‘rtacha foydalanilgani $600 ga; ko‘p foydalanilgani $284 ga
- “Spark” o‘rtacha foydalanilgani $100 ga ko‘p foydalanilgani $100 ga;
- “Damas” o‘rtacha foydalanilgani $134 ga, kam foydalanilgani esa $61 ga arzonlashgan.
Shuningdek, avtomobil bozorida elektromobillar va xorijiy mashinalar narxi sezilarli darajada tushgan


