1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Pasportsiz aviachipta sotib olish mumkin — “Uzbekistan Airways”

Kompaniya Senatda ayrim kassalarda chipta sotib olishda fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinishi bilan bog‘liq qilingan tanqidlarga munosabat bildirdi.

Pasportsiz aviachipta sotib olish mumkin — “Uzbekistan Airways”

 

Yaqinda Senat majlisida ayrim kassalarda aviachiptalarni rasmiylashtirishda yo‘lovchi pasportining asl nusxasini taqdim etish talablari yuzasidan aholi tomonidan shikoyatlar bo‘lgani aytilgandi.

 

Bunga javoban “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniya tomonidan aviachiptalarni sotib olishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish zarurligi to‘g‘risida talablar mavjud emasligini bildirdi. Yaʼni, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning fotonusxalari bilan ham aviachipta sotib olish mumkin.

 

"Taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlarning ishonchliligi va dolzarbligi uchun barcha javobgarlik to‘liq yo‘lovchi zimmasiga yuklanadi", — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика