O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodga bo‘lgan doimiy g‘amxo‘rlik va e’tiborning yorqin namunasiga aylangan “Prezident archasi” bayram tadbirlari bolalar uchun eng sevimli va quvonchli bayramlardan biri sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Mazkur tadbirlarni yuqori saviyada, mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tegishli vazirliklar hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, shu kunlarda Respublika bo‘ylab Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, 15 yoshgacha chin yetim(ota onasi vafot etganlar) shuningdek, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 24 turdagi o‘quv qurollar va 34 xil shirinlikdan iborat bo‘lgan 11 ming 125 dona Prezident sovg‘alari shakllantirilib, viloyatlarga yetkazilmoqda.


