1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda 25 nafar yoshlarga yangi uy berildi

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.

Qashqadaryoda 25 nafar yoshlarga yangi uy berildi

 

 

Qashqadaryo viloyatida 25 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar yangi uy egalari bo‘ldi. Xonadonlar kalitlari viloyat hokimligida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

 

Tadbirda ta’kidlanganidek, davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosati yoshlarning hayotida real o‘zgarishlar yasamoqda. Uy-joy bilan ta’minlangan yoshlar bu e’tibor va g‘amxo‘rlikni o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonch sifatida qabul qilayotganini bildirdi.

 

Viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda Prezident tashabbuslari tufayli ko‘plab yoshlarning orzulari ro‘yobga chiqayotganini qayd etdi. Uning aytishicha, topshirilgan xonadonlar barcha zarur sharoitlar va jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.

 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil davomida “Yoshlar kuni” munosabati bilan 5 nafar, shuningdek, mustaqillikning 34 yilligi arafasida yana 20 nafar qashqadaryolik yoshga “Prezident sovg‘asi” sifatida uy-joylar topshirilgan. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика