1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryodagi yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

Hodisa oqibatida 2 kishi jarohatlangan.

Qashqadaryodagi yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

Kecha, 10 mart kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani “Do‘stlik” MFY hududida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobcha hovlisida 2 ta 9 tonnali sig‘im yongan. 

 

Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat taxminan 22:04 da etib borib, soat 22:33 da yong‘inni to‘liq o‘chirgan.

 

“Yong‘in oqibatida 2 nafar fuqarolar kuyish tan jarohatini olgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi. Hayriyatki, halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика