"O‘tkir tergov" dasturidagi "Qaynonasining go‘shtidan manti qilgan kelin" nomli ko‘rsatuv – badiiy asar va haqiqiy voqea emas - Oliy sud.
"So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan "O‘tkir tergov" dasturidagi "Qaynonasining go‘shtidan manti qilgan kelin" nomli ko‘rsatuv haqiqiy voqea emas, balki badiiy tafakkur mahsuli hisoblanadi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida ko‘rsatuvda tasvirlangan voqea sodir etilmagan va sud organlari tomonidan bunday ish ko‘rib chiqilmagan.
Garchi ko‘rsatuvda "Haqiqiy voqealar asosida" degan eslatma mavjud bo‘lsa-da, dastur ishlab chiqaruvchilari an'anaviy formatdan chetlashgan holda badiiy asar yaratganlar.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa ushbu ko‘rsatuvni haqiqiy voqea sifatida talqin qilmaslik va unga asoslanib noto‘g‘ri xulosalar chiqarmaslik so‘raladi".


