1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘iziston sobiq prezidenti BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakiliga aylandi

Uning diplomatiya sohasidagi 35 yillik tajribaga egaligi qayd etilgan.

Qirg‘iziston sobiq prezidenti BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakiliga aylandi

 

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va tashkilotning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi rahbari etib tayinlandi. 

 

Otunbayeva Debora Layonsning o‘rnini egallagan. Guterrish Layonsga uzoq yillik xizmati uchun minnatdorchilik bildirgan. 

 

BMT matbuot xizmatida Otunbayevaning siyosat, boshqaruv, diplomatiya va xalqaro hamkorlikda 35 yillik tajribaga egaligi ta’kidlangan. U 2010-yil 3-iyuldan 2011-yil 1-dekabrga qadar Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. 

 

Avvalroq Guterrish Afg‘oniston muammosini hal qilishda qo‘shni davlatlar pozitsiyasi muhim ekanini aytgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика