1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Respublika bo‘ylab barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga o‘tkaziladi

Qaror Prezident ishtirokidagi yirik energetika loyihalari ishga tushirilishi arafasida e’lon qilindi.

Respublika bo‘ylab barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga o‘tkaziladi

 

 

Ertaga, 30-dekabr kuni soat 09:00 dan boshlab O‘zbekiston hududidagi barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi rasmiy manbalari ma’lum qildi.

 

Mazkur tartib avtotransport vositalari egalari uchun qulaylik yaratib, yoqilg‘i quyishni kun davomida, jumladan tungi soatlarda ham navbatsiz amalga oshirish imkonini beradi. Shu orqali zapravkalarda tirbandliklarning oldi olinishi kutilmoqda.

 

Bugun Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida tantanali marosim bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida yangi energetika quvvatlari ishga tushiriladi hamda navbatdagi loyihalarning qurilishiga start beriladi.

 

Shuningdek, marosim doirasida davlatimiz rahbari Birlashgan Arab Amirliklari, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Xitoydan kelgan delegatsiyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика