1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik fuqaro jasadi topildi

Tanishi bilan kelib chiqqan janjal ortidan ayol uni bo‘g‘ib o‘ldirib, jasadini hovliga ko‘mib qo‘ygan.

Rossiyada bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik fuqaro jasadi topildi

Rossiyaning Vladimir viloyatida O‘zbekiston fuqarosining o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi ochildi. Viloyat Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 54 yoshli erkakning jasadi Petushinskiy tumanidagi Staroye Perepechino qishlog‘ida, xonadon hovlisidagi olma daraxti tagiga ko‘milgan holda aniqlangan.

 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, marhum noyabr oyida 48 yoshli tanishinikiga borgan. Spirtli ichimlik iste’moli ortidan ular o‘rtasida kelib chiqqan mojaro tufayli ayol uni arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Jinoyat izlarini yashirish maqsadida jasadni hovliga ko‘mib qo‘ygan. Shuningdek, gumonlanuvchi marhumning telefoni va bank kartasini ham o‘g‘irlab ketgan.

 

“Zebra” telekanalining xabar berishicha, marhum Rossiyada uzoq yillar yashab, Pokrovskiy temir-beton zavodida ishlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, janjal moliyaviy kelishmovchilik tufayli kelib chiqqan — marhum tanishidan qarzini undirish uchun borgan, biroq u qo‘shimcha mablag‘ talab qilgan.

 

Voqea joyidan ashyoviy dalillar olingan. Gumonlanuvchi ilgari narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlanganligi aniqlangan. Tergov organlari uni qamoqqa olish chorasi ko‘rilishini so‘rashga tayyorlanmoqda. Hozirda sud-tibbiy ekspertiza hamda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика