
Xususan , quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Moskva - Toshkent (haftasiga 4 tagacha reys);
Moskva - Buxoro (haftasiga 2 ta reys);
Moskva - Samarqand (haftasiga 2 ta reys);
Moskva - Urganch (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Namangan (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Farg‘ona (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Andijon (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Termiz (haftasiga 1 ta reys).
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradigan yo‘lovchilar safardan oldin koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi shart.
Bundan oldin mehnat migrantlari uchun O‘zbekistondan Rossiyaga poyezdlar qatnovi qo‘yilishi ham rejalashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval mamlakatimiz Prezidenti mehnat migratsiyasiga oid qaror imzolagani hamda Rossiya migrantlarga yangi majburiyat yuklamoqchi bo‘layotgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


