1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Salkam 20 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi

Ayol jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallarga oid jinoyat bo‘yicha ayblangan.

Salkam 20 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 1962-yilda tug‘ilgan A.D. 2006-yildan beri jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallarga oid jinoyat bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u Turkiyaning Istanbul shahrida yashirinib yurgani aniqlanib, qo‘lga olindi va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

 

Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan — jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish harakatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda.

 

Shuningdek, O‘zbekiston va Qohira Interpol milliy markaziy byurosi hamkorligida Misrda qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ham ushlangan. Shu bilan birga, Vyetnamdan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar bilan qidiruvda bo‘lgan fuqaro ham Interpol kanallari orqali O‘zbekistonga olib kelingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика