Umummilliy “AI Hackathon” tanlovining navbatdagi — mintaqaviy bosqichiga rasman start berildi. Joriy yilning 20-yanvar kuni Samarqand shahrida Ikkinchi Umummilliy “AI Hackathon”ning hududiy bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda mamlakatning turli hududlaridan 400 nafardan ortiq yosh mutaxassis ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Uch kun davomida ishtirokchilar yetakchi axborot texnologiyalari kompaniyalari mutaxassislari va murabbiylari rahbarligida jamoalar tibbiyot, ta’lim, kiberxavfsizlik, tadbirkorlik va taqiqlangan moddalar aylanishiga qarshi kurash kabi sohalarda sun’iy intellektga asoslangan innovatsion loyihalar ishlab chiqadilar.
Xususan, Umummilliy AI Hackathonda ishtirok etayotgan “iX” jamoasi messenjerlar orqali amalga oshirilayotgan giyohvandlik vositalari savdosini aniqlash va cheklashga qaratilgan maxsus algoritmni taqdim etdi. Mazkur loyiha yashirin “qora bozor”larni fosh etish va narkotik moddalar tarqalishining oldini olishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun yetakchi mutaxassislar tomonidan mahorat darslari va amaliy seminarlar ham tashkil etildi.
Ma’lum qilinishicha, Umummilliy “AI Hackathon” tanlovining final bosqichi 2026-yil dekabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.


