1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasi ochiladi

Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida shu kabi 10 ta hujjat almashilgan.

Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasi ochiladi

 

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga davlat tashrifi bilan borgani haqida xabar berilgan edi. Davlat rahbari tashrif doirasida kecha, 6 oktabr kuni Vladimir Putin bilan birgalikda keng ko‘lamli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Unga ko‘ra, Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasi ochiladigan bo‘ldi.

 

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari tomonidan imzolangan 10 ta hujjat almashilgan. Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasini ochish, vakolatli iqtisodiy operator institutlarini o‘zaro tan olish, "Agroekspress" tezkor temir yo‘l tashuvlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimlar, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025-yillar uchun hamkorlik dasturi, shuningdek, transport, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar shular jumlasidandir.

 

Mazkur kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni bir qator istiqbolli yo‘nalishlarda yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика