1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shahrisabzda YPX inspektori bilan janjallashgan haydovchi kamaldi

Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

Shahrisabzda YPX inspektori bilan janjallashgan haydovchi kamaldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida haydovchi va YPX xodimi janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.

 

12 aprel kuni soat 17:40 larda fuqaro Q.M. Lacetti rusumli transport vositasini spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda boshqarib, M-39 avtomobil yo‘lining Kitob-Shahrisabz yo‘nalishida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Hamkor” rusumli mototsikl bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

 

Shu vaqtda o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB katta inspektori yo‘l-transport hodisasini protsessual rasmiylashtirish maqsadida haydovchini to‘xtatib, Q.M.ning spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlash uchun “alkotester” tekshiruvidan o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Haydovchi YPX inspektorining  qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, YPX inspektorining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Q.M.ga nisbatan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi protsessual tartibda ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика