Kecha, 24 iyul kuni minglab o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ezgu tilaklarini yo‘llagan edi.
Prezident qutlovlardan behad mamnunligini, tabrik yo‘llagan barcha fuqarolardan minnatdorligini bildirdi.
“Mehnatkash va bag‘rikeng, ko‘pmillatli xalqimizga o‘zimning yuksak mehr va ehtiromimni bildirishdan behad mamnunman”, dedi davlat yetakchisi.


