1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sherzod Asadov Soliq qo‘mitasining yangi media studiyasi faoliyati bilan tanishdi

Soliq qo‘mitasida 2026-yilga mo‘ljallangan kommunikatsion loyihalar taqdim etildi.

Sherzod Asadov Soliq qo‘mitasining yangi media studiyasi faoliyati bilan tanishdi

 

Bugun, 16-dekabr kuni Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Soliq qo‘mitasida tashkil etilgan yangi media studiya faoliyati bilan tanishdi.

 

Tashrif davomida Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov hamda Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — matbuot kotibi To‘ra To‘rayev tomonidan studiyaning texnik imkoniyatlari, zamonaviy media infratuzilmasi va 2026-yilga mo‘ljallangan kommunikatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali soliq siyosatini aholiga sodda, tushunarli va tezkor yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Prezident matbuot kotibi davlat organlarining ochiqligi va jamoatchilik bilan muloqotini kuchaytirishda media makonda proaktiv yondashuv muhimligini ta’kidladi.

 

Shuningdek, Sherzod Asadov aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishda zamonaviy kommunikatsiya vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda raqamli kontent imkoniyatlaridan keng foydalanish zarurligini qayd etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика