1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shimoliy Koreya Rossiyaga yana askar jo‘natmoqchi

Shuningdek, Moskvaga dronlar berishni rejalashtirmoqda.

Shimoliy Koreya Rossiyaga yana askar jo‘natmoqchi

"Ko‘plab razvedka maʼlumotlarini har tomonlama baholash Shimoliy Koreya Rossiyadagi qo‘shinlarida rotatsiyani amalga oshirish yoki joylashtirishni ko‘paytirishga tayyorlanayotganidan dalolat beradi", deya Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi bayonotidan iqtibos keltirgan Yonhap agentligi.

 

Shu bilan birga, KXDR hozirda Rossiyaga raketa uchirish qurilmalari va o‘ziyurar artilleriya tizimlarini yetkazib bermoqda.

 

"Shimoliy Koreyaning kamikadze dronlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga harakat qilayotganiga oid baʼzi belgilar ham bor. Bu haqda birinchi marta noyabr oyida Kim Chen Inning qurol zavodiga tashrifi vaqtida xabar berilgan edi", deya qo‘shimcha qilinadi qo‘mita bayonotida.

 

Avvalroq Janubiy Koreya razvedkasi KXDR harbiylarining urushdagi yo‘qotishlarini taxminan 1100 kishi, shu jumladan 100 ga yaqin askar halok bo‘lganini eʼlon qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика