Turkiyaga ko‘ra, Shvetsiya va Finlyandiya bilan NATO aʼzoligi bo‘yicha muzokaralar kelasi hafta davom etadi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li 9 mart kuni Bryusselda bu boradagi yig‘ilish rejalashtirilganini aytdi.
Turkiya NATO davlati sifatida hozirda Shvetsiya va Finlyandiyaning mudofaa ittifoqiga qo‘shilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Avvalo, bu davlatlar hukumatlaridan RKK aʼzolariga nisbatan qattiqroq chora ko‘rishni talab qiladi. Anqara bu tashkilotni rasman terrorchi tashkilot deb biladi.


