1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

SI endi korrupsiyaga qarshi kurashishda ham yordam beradi

Toshkentda xalqaro aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy muhokama sessiyalaridan biri “Korrupsiyaga qarshi sunʼiy intellekt” mavzusiga bag‘ishlandi.

SI endi korrupsiyaga qarshi kurashishda ham yordam beradi

Kecha, 23-oktyabr kuni Toshkent shahrida “Muhokamalardan amaliy o‘zgarishlar sari” shiori ostida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yuqori darajadagi nufuzli xalqaro tadbir — V Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida tadbirda ishtirok etgan “Zamon.uz” muxbiri xabar bermoqda.

 

 

Qayd etilishicha, forumning asosiy maqsadi — korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro muloqot va hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, tajriba va innovatsion yondashuvlar almashinuvini kuchaytirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish, zamonaviy preventiv mexanizmlarni ishlab chiqish,  O‘zbekistonning xalqaro maydondagi masʼuliyatli hamkor va ishonchli sherik sifatidagi nufuzini yana-da mustahkamlash, sohaga oid xalqaro majburiyatlarini amalga oshirishdagi qatʼiy siyosiy irodasini namoyon etishdan iborat.

 

Unda xorijiy delegatsiyalar, davlat organlari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarining 250 nafardan ortiq vakillari, jumladan, Germaniya, Sloveniya, Gruziya, Litva, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirligi, Misr, Mo‘g‘uliston, Indoneziya, Ozarbayjon kabi 20 dan ortiq davlatlarning aksilkorrupsiya idoralari rahbarlari va vakillari, shuningdek, Transparency International, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va BMT tuzilmalarining yetakchi mutaxassislari, qator mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.

 

 

 

Forum doirasida 2027 yilda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga aʼzo davlatlar konferensiyasining
12-yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu tashabbus mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi xalqaro rolini mintaqaviy darajadan global darajaga ko‘tarishga qaratilgan navbatdagi muhim siyosiy qadam hisoblanadi.

 

Zamonaviy taraqqiyot va global o‘zgarishlar talabidan kelib chiqib, bu yilgi Forumda ham korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb masalalari kun tartibiga qo‘yildi. Jumladan, asosiy muhokama sessiyalari “Korrupsiyaga qarshi sunʼiy intellekt”, “Komplayens nazoratining yangi darajasi” va “Korrupsiyaga qarshi o‘qitish” mavzulariga bag‘ishlandi.

 

 

Faol muloqot va qizg‘in muhokamalar yakuniga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini takomillashtirish, chora-tadbirlar samaradorligini oshirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi hamda 5-Toshkent aksilkorrupsiya forumining deklaratsiyasi qabul qilindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика