1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda soliq inspeksiyasi rahbari xodimlarini haqorat qilgani bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Soliq qo‘mitasi videodagi holat 2024-yilda sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Sirdaryoda soliq inspeksiyasi rahbari xodimlarini haqorat qilgani bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari xodimlariga nisbatan haqoratomuz so‘zlar ishlatgan videolavha keng tarqaldi. Videoda mansabdor shaxs xodimlarini kamsituvchi va odobsiz iboralar bilan tahdid qilgani eshitiladi.

 

“Daryo”ning yozishicha, holat yuzasidan Soliq qo‘mitasi axborot xizmati bilan bog‘langan. Qo‘mita Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasi tomonidan voqea nazoratga olingani va tekshiruv boshlanganini tasdiqlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat 2024-yilda sodir bo‘lgan.

 

Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda. Soliq boshqarmasi yakuniy xulosa jamoatchilikka belgilangan tartibda taqdim etilishini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика