Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida xarid chekini so‘ragan bola sotuvchi tomonidan kaltaklangani aks etgan video tarqalmoqda.
20 iyul kuni Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, 12 yoshli farzandi Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi do‘konda xarid qilganda soliq chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat o‘rganilmoqda. Bu borada qo‘shimcha maʼlumot berilishi aytilgan.


