Radisson mehmonxonalar guruhi “Metropol Group” MCHJ bilan Toshkentda premium-klassdagi yangi mehmonxona ochish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasiga tayanib, Darakchi.uz nashri yozmoqda.
Radisson Collection Hotel nomli yangi otel shahar markazida, Sayilgoh ko‘chasidagi sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining bosh binosi o‘rnida joylashadi.
Yangi mehmonxona kompleksi yaxlit meʼmoriy uslubga ega 4 ta binodan iborat bo‘lishi, asosiy va eng baland bino 22 qavat bo‘lib, unda 27 ming kvadrat metr maydonga ega Radisson Collection Hotel joylashishi kutilmoqda. premium toifadagi otel mijozlarga 164 ta xona, xususan, prezident lyuks xonalarini taklif etadi.
Majmua hududi jamoat joyi, savdo zonalari, kinoteatr, ofislar, apartamentlar va ko‘p qavatli yerosti avtoturargohni o‘z ichiga oladi.


