1-may kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumanida ruhiy xastaliklar dispanserida ro‘yxatda turgan ayol 3 yoshli qizchani hech bir sababsiz oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohatlari yetkazdi. Qizaloq shifoxonada vafot etdi.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


