1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda DAF rusumli yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in sababli transportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Surxondaryoda DAF rusumli yuk mashinasi yonib ketdi

28-oktabr kuni Surxondaryo viloyati hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota–Bishkek–Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lida DAF rusumli yuk mashinasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, soat 08:54 da voqea haqidagi xabar Surxondaryo viloyati FVB Bosh boshqarmasiga kelib tushgan. Qutqaruv va yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 09:43 da o‘rab olinib, 09:55 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Hodisa natijasida yuk mashinasining dvigatel qismi, kabinasi va yuk bo‘limidagi ko‘pikli yuk butunlay yonib ketgan. Qurbonlar qayd etilmagan.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori hozirda aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida transport harakati vaqtincha sekinlashgan, hozirda yo‘l harakati to‘liq tiklangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика