1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tanzila Norboyeva Yevrosiyo xotin-qizlar forumida qatnashmoqda

Sankt-Peterburg shahrida IV Yevrosiyo xotin-qizlar forumi ish boshladi.

Tanzila Norboyeva Yevrosiyo xotin-qizlar forumida qatnashmoqda

Forum doirasida tashkil etilgan yalpi majlisning ochilishi marosimida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva maʼruza qildi.

 

Senat raisi o‘z nutqi davomida O‘zbekistonda xotin-qizlarning manfaatlari davlat siyosati darajasida ko‘tarilganligi va ularning barcha jabhalarda faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks dasturga to‘xtalib o‘tdi.

 

Ayniqsa, bu boradagi erishilgan amaliy natijalar forum ishtirokchilarining eʼtiborini tortdi.

 

Jumladan, mamlakatda so‘nggi 7 yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni 27 foizdan 35 foizga oshgani, parlament faoliyatida esa 32 foizga yetgani, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos kelishi qayd etildi.

 

Shuningdek, amalga oshirilgan islohotlar joriy yilda Jahon banki o‘zining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida O‘zbekistonni gender tenglikni taʼminlashda eng katta yutuqlarga erishgani xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boshqa davlatlarga namuna sifatida eʼtirof etildi.

 

Forum o‘z ishini davom ettirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика