2022-yil 5-maydan boshlab Uzbekistan Airways Termiz – Sankt-Peterburg – Termiz xalqaro yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklanadi. Bu haqda “Uzbekistan airways” axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, parvozlar payshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
– Termizdan uchish: 08:55 (Toshkent vaqti bilan);
– Sankt-Peterburgga yetib borish: 12:20 (Moskva vaqti bilan);
– Sankt-Peterburgdan uchish: 13:50 (Moskva vaqti bilan);
– Termizga yetib kelish: 21:00 (Toshkent vaqti bilan).
Termiz – Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1961814 so‘mdan (bagajsiz) va 2160354 so‘mdan (bagaj bilan), Termiz – Sankt-Peterburg – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha esa 3698660 so‘mdan (bagajsiz) va 4095738 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Narxlar 8-aprel holatiga ko‘ra amal qiladi.