1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Tolibon” Afgʻonistondagi  ikkinchi yirik shahar Qandahorni egalladi

Buni harakat vakillari ham, rasmiy Kobul ham tasdiqladi.

“Tolibon” Afgʻonistondagi  ikkinchi yirik shahar Qandahorni egalladi

 

Maʼlumotlarga koʻra, Qandahor  maʼmuriyati mahalliy aeroport orqali shahardan qochib ketgan. Bu shaharning egalllanishi “Tolibon” uchun katta ahamiyatga ega, sababi 1996—2001-yillarda Qandahor jangarilarning norasmiy poytaxti boʻlgan. 


Bundan tashqari kecha Hirot shahri ham “Tolibon” qoʻliga oʻtdi. Ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga koʻra, jangarilar shaharda kuchli qarshilikka duch kelmagan. “Tolibon”ga aloqador akkauntlarning xabar berishicha, Hirot hokimi Ismoil Xon Eronga qochib ketgan, hukumat askarlari ommaviy ravishda asirga olingan.


Hilmand viloyati markazi Lashkargoh ham  jangarilar tomonidan egallandi. Bu yerda qariyb bir oy davomida  ogʻir janglar boʻlib oʻtdi. Jangarilar bugungi kunda 14 viloyatni oʻz nazoratiga oldi. 


Vaziyat keskinlashganligi tufayli AQSH Kobuldagi elchixonasini evakuatsiya qilish masalasini koʻrib chiqmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Vashington evakuatsiya  uchun qoʻshinlarni vaqtinchalik qaytarishi mumkin. 


Bundan avval Gʻazna shahri “Tolibon” tomonidan egallangani maʼlum qilingan edi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика