Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan To‘palang suv omborida suv chiqayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan FVV dastlabki maʼlumotlarni maʼlum qildi.
Xabarga ko‘ra, bugun 22 iyun kuni soat 08:14 larda To‘palang suv omboridan chiqayotgan suv keskin ko‘tarilgan, To‘palang GES suv ombor loyihasi quvvati 400 mln.M.kub, amalda 378,87 mln.m.kubni tashkil etmoqda. Suv tashlamasi rejaviy 70 m.kub.sek. 2022 yil 22 iyun kuni hozirga vaqtda 110 m.kub sek.ni tashkil etmoqda.
Suv omborining mustahkamligiga ziyon yetmagan. Ayni vaqtda chiqarilayotgan suv hajmini kamaytirish ishlari olib borilmoqda.


