1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metrosida begona qizga shilqimlik qilgan yigit qamaldi

Sudda yigit aybiga iqror bo‘lib, yengilroq jazo berilishini so‘ragan.

Toshkent metrosida begona qizga shilqimlik qilgan yigit qamaldi

Toshkent metropolitenining “Novza” bekatida begona qizga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, huquqbuzar A.A. 12 noyabr kuni soat 18:50 larda Chilonzor tumani “Novza” bekatida Z.O.ning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlab, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.

 

Sud majlisida A.A. yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu holatlar boshqa takrorlanmasligini bildirib, suddan unga nisbatan jazo tayinlashda yengillik berishni so‘ragan.

 

Sud A.A.ning ushbu huquqbuzarliklarni sodir qilganligi, ish hujjatlaridagi tushuntirish xatlari, ariza, maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, sud majlisi jarayonida aniqlangan holatlar va ish materiallarida mavjud bo‘lgan dalillar bilan to‘liq tasdiqlangan deb hisoblagan.

 

Sud qarori bilan A.A. MJtKning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика