1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metrosida erkak o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi

Voqea metroning “Chilonzor” yo‘nalishida yuz bergan.

Toshkent metrosida erkak o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi

 

Toshkent metropolitenining “Paxtakor” bekatida 20 fevral kuni 26 yoshli erkak o‘zini poyezd tagiga tashlashga urindi. Bu haqda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro D.O. joriy yilning 20 fevral kuni 19:20 larda metroning “Chilonzor” yo‘nalishidagi “Paxtakor” bekatiga kelgan vaqtida joniga qasd qilish maqsadida o‘zini elektropoyezd yo‘liga tashlamoqchi bo‘lgan.

 

Bekat platformasida xizmat olib borayotgan xodim A.A.Dalaboyev uni ushlab qolishga ulgurgan.

 

Surishtiruv ishlari davomida fuqaro D.O. 2016 yildan buyon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida “Shizofreniya” tashxisi bilan ro‘yxatda turishi maʼlum bo‘lgan. Shundan so‘ng onasi F.A voqea joyiga chaqirtirilib, fuqaro D.O. onasiga sog‘-salomat xolda topshirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика