1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent shahrida bir qator ko‘chalar 7 soatga yopildi

IIV YHXX cheklov sababini ma’lum qildi.

Toshkent shahrida bir qator ko‘chalar 7 soatga yopildi

 

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir nechta ko‘chalar qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 7 soatga vaqtincha yopildi. Bu haqda IIV YHXX Matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha, cheklov 15 iyun kuni soat 17:00 dan soat 24:00 gacha bo‘lgan vaqtgacha amal qiladi.


Avtomashinalar harakati cheklanayotgan ko‘chalar:
— Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor  va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi; 
— Muqimiy  va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;  
— Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.


“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика